Prezident administratsiyasi xodimi hokim etib tayinlandi
Navoiy viloyatining Nurota tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-yanvar kuni xalq deputatlari Nurota tumani kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Azamat Fayziyev tayinlangan.
Azamat Fayziyev bunga qadar Prezident administratsiyasi Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Nurota tumanining avvalgi hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter