«Hokim buva bir ehson qilvormasa bo‘lmaydi-yov...»
Endigina iftorlik dasturxoniga o‘tirilganida bir-biridan vahimali videolavhalar ko‘rsatila boshlandi: avval biz ko‘nikib qolgan Samarqandda, ortidan poytaxtning Yunusobod tumanida yomg‘ir-suv toshqini.
Yunusobodda bunaqangi kuchli yomg‘ir bo‘lmadi-ku, deb so‘z talashib turganimizda, videolarga izohlar kela boshladi: bugun soat 20:15 larda Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan 600 diametrli toza ichimlik suvi quvurida avariya holati kuzatildi.
Natijada tumanning 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16-mavzelari va «Kulol» MFY aholisi toza ichimlik suvi ta’minotida uzilish yuz berdi. Bu aholisi zich hududda ozmuncha odamni besaramjon qiladimi?
Rostini aytsam, oxirgi paytlarda Yunusobodda mana shunaqa ofatlar ko‘p sodir bo‘lyapti. Adashmasam, bu Rahmonberdi Usmonov hokim bo‘lganidan beri sodir bo‘layotgan beshinchi yoki oltinchi yirik ofat!
Aftidan, hokim bobo tumandagi bolalar uyida hayit arafasida bir ehson qilib, nuroniylarning duosini olmasa bo‘lmaydigan ko‘rinadi, deb tursam internetda yangi axborot paydo bo‘ldi: ichimlik suvi ta’minoti tonggi 06:00 da tiklanadi. Ayni paytda yuzaga kelgan avariya sabablari o‘rganilmoqda ekan.
P.S. Lekin boyagi fikrni ham bir o‘ylab ko‘rish kerak.
(Manba: Fikrat.uz)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter