Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Harorat keskin pasayadi» — dam olish kunlariga ob-havo ma’lumoti berildi

«Harorat keskin pasayadi» — dam olish kunlariga ob-havo ma’lumoti berildi

Foto: «Xabar.uz»

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

Ertaga, 26 avgust kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida 26 avgustda quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat 33-36 daraja bo‘ladi.

27-28 avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi. 28 avgustga kelib, kechasi harorat 13-16 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ob-havoni o‘zgarishi sezilarli bo‘ladi, bu hududlarda 27-28 avgust kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtimizda 26 avgust kuni havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 avgustda kechasi 22-24 daraja, kunduz kuni 34-36 daraja bo‘ladi.

27 avgust kechasi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

28 avgust kuni ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 14-16 darajagacha, kunduz kunlari 24-26 darajagacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring