Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har kuni foydalanadigan ichimlik suvining sifati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Har kuni foydalanadigan ichimlik suvining sifati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Odam chanqagan paytda o‘zini lohas sezadi, tomog‘i qurib, ko‘ngliga shodlik sig‘maydi. Tashnalik sabab ko‘zimiz atrofimizdagi tabiat go‘zalliklarini ko‘rmaydi. Miriqib suv ichgan mahalda bor tashvishlarni bir zumda unutamiz, ko‘nglimizda bebaho ne’matdan shukronalik hissini tuyamiz...

Biz har kuni foydalanadigan ichimlik suvining sifati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ichimlik suvi butun dunyo standartlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsuloti sifatida tasniflanadi va u bizning uyimizga kirishdan oldin, inson salomatligi uchun xafsizlikka rioya qilish uchun suv ta’minoti manbasidan laboratoriya sinovlariga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tadi.

Ichimlik suvi ta’minoti manbasini tanlashda, birinchi navbatda, tabiiy suvning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq foydalanishga topshirilguniga qadar ikki yil davomida mavsumlar bo‘yicha o‘tkazilgan laboratoriya tahlili asosida baholanadi.

Suvning sifati ko‘rsatkichlari davlat standarti O‘zDSt 951:2011“Markazlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash manbalari, gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari” talablariga javob berish shart. Tanlagan manbalardagi  suvning sifati O‘zbekiston Respublikasi davlat standartining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyaga to‘g‘ri keladigan bo‘lishi kerak.

Ushbu tadqiqotlar har kuni aholi salomatligi uchun suvning xavsizligini tasdiqlash va turli yuqumli kasalliklarning mavjud emasligini kafolatlash uchun laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, laboratoriyalarda suv tarkibini o‘lchashning standart usullari va ushbu sohadagisanitariya qoidalariga amal qilinadi.

Laboratoriyaning malakali mutaxassislari suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ta’minoti tarmoqlariga yuborgandan so‘ng, uning sifatini muntazam nazorat qilib borishadi. O‘zDSt 950:2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat kilish” standartiga kiritilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha suvda: mikroblarning umumiy soni,  Escherichia coli guruhidagi bakteriyalar soni, ta’m, hid, rang, loyqaligi, kalsiy, magniy, azot birikmalarining asosiy tuzlari, suvni zararsizlantirishdan keyin qoldiq xlor aniqlanadi.

Shu bilan birga, laboratoriyalardahar oy suv manbalari va suv tarmoqlariga yuboriladigan ichimlik suvining kimyoviy tarkibini og‘ir metallar, ftoridlar, xloridlar, sulfatlar va organik birikmalarning tuzlari uchun tahlil qilinadi va qo‘shimcha mintaqaviy SES bosh shifokori bilan kelishilgan holda yiliga kamida 1–2 marta radiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Kimyoviy muhandislar, bakteriologlar, laboratoriya yordamchilari va namuna oluvchilarning sa’y-harakatlari bilan suv manbalari va suv tarmoqlariga yuboriladigan ichimlik suvining sifatini tekshirganda 45ga yaqin ko‘rsatkichlarni suv ta’minoti korxonalarining markaziy va ichimlik suvini tayyorlash inshootidagi ob’yekt laboratoriyalari asosida nazorat qilinadi. 

Xlorlash stansiyadagi operator tomonidan suv ta’minoti tizimiga kirishdan oldin qoldiq xlori tarkibihar soatda kuzatib boriladi.

Standart bilan tartibga solinadigan barcha tahlil turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni monitoring qilish uchun 60ga yaqin kommunal laboratoriyalarning ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib, aytish mumkinki, qisqartirilgan, umumiy fizik-kimyoviy, maxsus toksikologik, radiologik dalillar respublikamizdagi markazlashtirilgan suv ta’minoti ichimlik suvi erigan moddalar, metall tuzlari va eng og‘ir metallarning tarkibidagi me’yorlarga javob beradi.

Kommunal analitik laboratoriyalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi. Muntazam ravishda ichimlik suvi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlab olish ishlari olib boriladi. Shuningdek, “O‘zstandart” agentligining hududiy organlaridan tadqiqotlar o‘tkazish huquqini beruvchi attestatsiya guvohnomasiga ega.

Laboratoriya nazorati tufayli texnologlar suv ta’minotining har bir manbasi to‘g‘risida ma’lumotga ega. Tuzlarning umumiy miqdorini kamaytirish va moslamalar yordamida suvning sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Endilikda, davlat standarti talablariga javob beradigan yangi suv inshootlarini barpo etilmoqda.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston hududlarida tabiiy suvni tuzsizlantirish stansiyalari (opresnitel) ishlamoqda. Mamlakatimizning boshqa hududlarida kuzatilayotgan muammolarni yangi uskunalarni bosqichma-bosqich joriy etish va eskirganlarini zamonaviy suv tozalash usullari bilan almashtirish orqali hal etish mumkin.

Bugungi kunda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan suv sifati va xavfsizligini ta’minlaydigan ma’nan eskirgan laboratoriya asbob-uskunalarini yangilash ularni kimyoviy moddalar bilan ta’minlash darajasini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan ichimlik suvlarini davlat standarti talablariga mos holga keltirish, suv sifatini nazorat qilish maqsadida tizimda 6 ta markaziy laboratoriyalar faoliyati tiklandi, jumladan, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona va Qo‘qon shaharlaridagi 2 ta kanalizatsiya inshootlarida, 2 ta toza ichimlik suvi sifatini tahlil qiladigan laboratoriyalar hamda Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida 1 tadan laboratoriyalar faoliyati tiklandi.

Viloyatlarda markaziy laboratoriyalarni tiklash, jihozlash, mutaxassis kadrlar bilan butlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan joriy yilda ajratiladigan 26,0 mlrd. so‘m mablag‘lari hisobidan hududiy ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tashkilotlarining 6 ta laboratoriyalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, vazirlik ichimlik suvining standartlashtirilgan ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun analitik laboratoriyalarni spektrofotometrik, xromatografik va boshqa taxlil usullaridan foydalangan holda suvni fizik-kimyoviy tahlil qilish uchun eng so‘nggi uskunalar va o‘lchash asboblari bilan jihozlashni ma’lum qildi.

Ha, davlat suv ta’minoti korxonalarining asosiy vazifalardan biri, aholini epidemiologik jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibida zararsiz va qulay organoleptik xususiyatlarga ega sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashdan iborat. Ammo hozirgi kunda tabiiy zaxiralarni tejash, salomatligimizga daxldor bo‘lgan tabiat ne’matlarini ko‘z qorachig‘idek asrash, xususan, iste’mol uchun yetkazib berilayotgan ichimlik suvining bizga yetib kelguniga qadar minglab insonlarning mashaqqatli mehnati yotganligini unutmasligimiz darkor. Azizlar, tejamkorlik bosh shiorimizga aylansin!

Lidiya Sidorova,
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
Oqava suvlarning tozalanishini nazorat qilish sektori boshlig‘i,
Nigora Shukurova,
bosh mutaxassis

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring