Hamshiralar ishdan vaqtincha chetlashtirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi ko‘z o‘ngida vahshiylarcha kaltaklangani haqida videolavha tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi holatga munosabat bildirdi.
«Ma’lum bo‘lishicha, Denov tuman sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, joriy yil 18-oktyabr kuni soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazilgan.
Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar ishdan vaqtincha chetlashtirildi. Shu bilan birga, kaltaklangan hamshira qizning ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter