Hammasi 11 soniyada hal bo‘ladi
Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari inson miyasi uning o‘zidan 11 soniya oldinda «yurishini» isbotlab berishdi. Bu haqda «Scientific Reports» jurnali yozmoqda.
Tadqiqot uchun 14 nafar ko‘ngilli tanlab olindi va tomografga solindi. Ularga ikki xil surat ko‘rsatildi: birida — qizil ko‘ndalang chiziqlar, ikkinchisida — yashil tik chiziqlar.
Ekrandagi tasvirlar namoyishidan so‘ng ko‘ngillilarga o‘zlariga yoqqan suratlarni tanlash uchun tegishli tugmalarni bosishga 20 soniyadan vaqt ajratildi. Bu paytda olimlarning ularning miyasidagi faollikni diqqat bilan kuzatib borishdi.
Tadqiqot miyadagi u yoki bu qarorni tanlashga javobgar faollik patternlarini kuzatish imkonini berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu kishilar tugmalarni bosgunlariga qadar hammasi aniq bo‘lib ulgurgan: bu shuni anglatadiki, inson anglab yetgunigacha 11 soniya avval miya yakuniy to‘xtamga kelib ulguradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter