Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmal Burxonov: «Hamma korrupsiya hokimliklar tomonidan qilinyapti degan qarash noto‘g‘ri...»

Akmal Burxonov: «Hamma korrupsiya hokimliklar tomonidan qilinyapti degan qarash noto‘g‘ri...»

Bugun Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xolda «Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti» mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbar va mutasaddilari so‘zga chiqdi. Shuningdek, jurnalist va blogerlarning savollariga javob berishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi Akmal Burxonov:

— Amaldorlar, davlat xizmatchilari ayniqsa hokimlarga nisbatan korrupsioner deb qarash tez-tez uchrab turadi. Men hokimlarning yonini olmoqchi emasman. Korrupsion jinoyatlarning statistikasini oladigan bo‘lsak, hokimliklarda ham bunday jinoyatlar bo‘lishi mumkin, ammo bu hamma korrupsion holatlar hokimliklar tomonidan amalga oshirilyapti, degani emas. Jurnalistlar va blogerlardan ularga nisbatan asossiz tamg‘alar qo‘yishda ehtiyot bo‘lishlarini so‘rardim. Chunki bu ham qonuniy, ham insonparvarlik jihatlariga to‘g‘ri kelmaydi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring