Ob-havo: hafta davomida haroratning keskin oshishi kutilmayapti
Respublika Gidrometerologiya markazi boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Kecha mamlakatimiz aholisi kuz kirib kelganini his qildi – O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi.
Ayniqsa bugun kechasi va ertalab sovuq antitsiklonning ta’siri sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo‘ldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi.
Ikki kun davomida respublikamiz hududi antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi. Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9- sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12-sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga pastdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter