Hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 5-9 fevral kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga kechga tomon ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
7 fevral chorshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida 8-9 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 8 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Tog‘li hududlarda 7-8 fevral kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
6-8 fevral kunlari shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-7 fevral kunlari havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha bo‘ladi. 8-9 fevralda kechalari 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
Poytaxtimizda ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
7 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 fevralda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 7-9 fevralda kechalari 3-6 daraja iliq, kunduzi 7 fevralda 7-9 daraja iliq bo‘ladi, 8-9 fevralda 15-17 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter