Gulnora Karimovaning qizi Karimova bo‘lish mas’uliyati va Lola Karimova bilan munosabat haqida gapirdi
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova «Instagram»dagi o‘z sahifasida Karimovlar oilasining farzandi bo‘lish mas’uliyati haqidagi savollarga javob qaytardi.
Imon Karimovaga obunachilardan biri Karimova bo‘lish mas’uliyati haqida savol bergan. Imon esa tanlash imkoni yo‘qligini, barisi tashqaridan ko‘ringanchalik emasligini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari Imon xolasi Lola Tillayeva-Karimova bilan munosabatlari haqidagi savolga javoban «Hamma odam o‘zini vijdoniga qarab yashaydi. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi», deya munosabat bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter