Gulnora Karimovaning pullari davlat budjetiga tushdimi? Moliya vazirligi izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimova tomonidan davlat foydasiga 1,2 mlrd. AQSh dollari o‘tkazildi degan xabar tarqaldi. O‘zbekiston moliya vazirligi esa mazkur masalaga oydinlik kiritdi.
«Davlat budjetiga undirilgan mablag‘larning fuqarolar kesimidagi hisobi Moliya vazirligi tomonidan yuritilmaydi. Bunda o‘tgan yili va joriy yilning birinchi yarmida ko‘rsatilgan miqdorda mablag‘lar budjetga kelib tushmadi.
Xususan, o‘tgan yili davomida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk (valyuta mablag‘lari va zargarlik buyumlarini qo‘shgan holda) sotishdan tushumlar 163 mlrd.so‘mni yoki 20,2 mln. AQSh dollarini (o‘rtacha yillik kurs bo‘yicha) tashkil qildi.
Joriy yil birinchi yarmida esa davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan 99,4 mlrd.so‘m yoki 11,8 mln. AQSh dollari (o‘rtacha kurs bo‘yicha) kelib tushdi» deyiladi xabar matnida.
Bir necha kun avval Imon Karimova tomonidan e’lon qilingan murojaatnomada Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragani va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytargani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter