Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonga 810 mln. dollarning qaytarilishi bo‘yicha shikoyat qilmoqchi
Gulnora Karimovaning advokati Shveysariya banklarida muzlatib qo‘yilgan 700 million Shveysariya frank (810 million dollar) miqdorida mablag‘larni O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha norozilik shikoyatini kiritmoqchi. Bu haqda «Sputnik» xabar qildi.
Himoyachi Greguar Manja tez protsedura bo‘yicha mablag‘larni musodara qilinishiga qarshiligini bildirib, bu borada Federal jinoyat sudiga murojaat qilmoqchi.
Yaqinda OAVlar Bern hukumati imkon qadar Toshkentga tezroq pullarni qaytarishga manfaatdorligi haqida xabar berilgandi. «NZZ am Sontag» gazetasi qayd etishicha, may oyida Shveysariya prokurorlari Jeneva va Syurixdagi banklardagi Gulnora Karimov hisobida bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekistonga repatriatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berganlar.
Karimovaning advokatiga so‘zlariga ko‘ra, oltita ayblanuvchining ikkitasini tan olish asosida musodara qilish jinoyat ishining norasmiy bo‘lishiga tenglashtiriladi va himoya ostida bo‘lgan mijozning adolatli sudlovga bo‘lgan huquqlarini buzadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter