Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» yangi opsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

«GM Uzbekistan» yangi opsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» xaridorlarga qulaylik yaratish va mijozlarning ishonchini oshirish maqsadida qo‘shimcha qurilma va opsiyalar tanlash imkoni bo‘lgan yangi «Plus» paketini taqdim etmoqda, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

«GM Uzbekistan» kompaniyasi 2019-yilning mart oyidan yangi opsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi. Xaridorlar yangi opsiyali avtomobillar uchun joriy yilning 15 mart kunidan e’tiboran rasmiy dilerlar orqali shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi. Mart oyida shartnoma tuzgan xaridorlarning yangi opsiyali ilk avtomobillari 2019-yilning iyun oyida yetkazib beriladi.

Foto: «GM Uzbekistan»

Yangi avtomobil opsiyalari modifikatsiyasiga qarab quyidagi opsiyalarni o‘z ichiga oladi:

-O‘rindiq va old oynalarni isitish;

-rulning charm qoplamasi;

-qo‘shimcha shovqin izolyasiyasi;

-radiatorning xrom bilan qoplangan panjarasi; 

-masofada boshqariladigan orqa ko‘rinish oynasi; 

-elektron turg‘unlik tizimi; 

-Shina bosimi monitoringi tizimi va boshqalar.

Dastlabki bosqichda qo‘shimcha opsiyalar bilan «Spark», «Nexia» va «Lacetti» avtomobillari jihozlanadi, keyinchalik esa ushbu ro‘yxat «Cobalt» modeli bilan to‘ldiriladi.

2019 yilda yangilangan qo‘shimcha opsiyalar ro‘yxati hamda ular bilan jihozlanadigan avtomobillar soni ortib borishi aytilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring