«Gazprom» bilan imzolangan hujjat mazmuni ochiqlanishi kerak – «Yuksalish»
«Yuksalish» UMH raisi Bobur Bekmurodov O‘zbekiston hukumatini gaz masalasida Rossiya bilan imzolagan «yo‘l xaritasi» mazmunini ochiqlashga chaqirmoqda.
«Energetika vazirligi va «Gazprom» o‘rtasida gaz sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning imzolangani ijtimoiy tarmoqlar faollari va jamoatchilikda savollarni uyg‘otdi.
Ya’ni, energetika tizimi mustaqilligiga tahdid deya qaralayotgan «Gaz ittifoqi» loyihasi tomon qadam sifatida talqin qilinmoqda.
Avvalo, Energetika vazirligi mazkur «Yo‘l xaritasi»ning umumiy mazmuni haqida jamoatchilikka xabar berishi lozim deb hisoblaymiz. Kelgusida bunday hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, avval vazirliklarimiz rasmiylari tomonidan e’lon qilinishi kerak», – deb yozadi Bobur Bekmurodov.
Harakat raisi, shuningdek, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning 2022 yil dekabr oyida bu borada bildirgan munosabatini olqishlab, «Hukumatning energetik inqirozni bartaraf etish hamda kelgusida bunday xavflarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha diplomatik va amaliy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash lozimligini» bildiradi.
Xabar.uz bog‘langan Energetika vazirligi mutasaddisi, ayni paytda yuqorida tilga olingan «Yo‘l xaritasi» bo‘yicha tushuntirish tayyorlanayotgani va tez orada e’lon qilinishini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter