Gaz ballonlarini davlat standartidan o‘tkazishga kim javobgar?
![Gaz ballonlarini davlat standartidan o‘tkazishga kim javobgar?](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3921121823.jpg)
Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida «Aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusida matbuot anjumanida suyultirilgan gaz uchun foydalaniladigan ballonlarni davlat standartidan o‘tkazishga kim mas’ul ekaniga oydinlik kiritildi.
«Gaz ballonlarini davlat standartidan o‘tkazish — gaz ta’minoti tashkilotining zimmasida. Ballonlarni ijaraga olgan iste’molchilar bunga javobgar emas.
Ammo biz ijaraga bermagan gaz ballonlarimizni davlat standartidan o‘tkazish uchun javob bermaymiz. Joylarda iste’molchilarning o‘zlariga tegishli gaz ballonlari mavjud. Ularning fuqarolarning o‘zlari davlat standartidan o‘tkazishi lozim», — dedi «O‘ztransgaz» suyultirilgan gaz yetkazib berish boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Mahmudov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter