FVV yaqin kunlarda zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni izohladi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
«Shu munosabat bilan Sizlarni bunday yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Yana bir bor ta’kidlaymizki, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas.
O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli ba’zida yer silkinishlari sodir bo‘ladi. Har doim shunday bo‘lgan», deyiladi unda.
Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni tunda Toshkent vaqti bilan 01:07 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter