Fuqarolarni DXM direktorining shaxsan o‘zi kutib olmasa, ishdan bo‘shatiladi
Bugun, 2-fevral kuni Davlat xizmatlari agentligida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda davlat xizmatlarini olish jarayonlarini takomillashtirish, respublikaning investitsion jozibadorligini oshirish, elektron xizmatlarni ommalashtirish, aholining raqamli ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, agentlik oldida turgan uzoq muddatli istiqbollar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Agetlik rahbari Xalilillo To‘raxo‘jayev quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tdi:
«Hokimliklar tushunishlari kerak: Davlat xizmatlari markazlarining yangi binolari, joylarda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar «toshkentdagilar»ga kerak emas. Xalqimiz uchun kerak.
Bundan keyin asosiy urg‘u markazlar xodimlarining muomala madaniyatiga beriladi. «Ishonch telefoni», ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushayotgan har bir murojaat shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘ladi.
Agar Davlat xizmatlari markazi direktorining shaxsan o‘zi fuqarolarni kutib olib, tegishli darchaga yo‘naltirmasa, bu mehnat qoidalarini qo‘pol ravishda buzish deb tan olinadi va mehnat shartnomasini uzishga asos bo‘ladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter