Fuqarolardan ortiqcha ma’lumotnomalar talab etilishi davom etmoqda
Yoshga doir pensiya tayinlashda noqonuniy ravishda STIR talab qilib olganligi uchun Xo‘jaobod tumani pensiya jamg‘armasi mas’ul xodimi Davlat xizmatlari agentligining Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan ma’muriy jarimaga tortilgan. Bu haqda agentlik Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Agentlik tomonidan ushbu qaror ijrosi monitoring qilinganda boshqa davlat organlari tomonidan ham davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida fuqarolardan mazkur ma’lumotnomalar noqonuniy ravishda talab qilib olinayotganligi aniqlangan.
Misol uchun, «Namangan hududgaz» MChJ va «Yermulkkadastr» DK Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul xodimilari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida fuqarolardan STIR noqonuniy ravishda talab qilinganligi holati bo‘yicha Agentlikning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu xodimlarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Bundan tashqari, fuqaro K.F.ga davlat xizmati ko‘rsatish jarayonida Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani markaziy poliklinikasi mas’ul xodimi tomonidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma noqonuniy ravishda talab qilingan.
Bu holat bo‘yicha Agentlikning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan mas’ul xodimga nisbatan ham ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.
Ushbu qarorga asosan davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mazkur hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB Xalq banki, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan mustaqil ravishda faqat elektron shaklda so‘rab olishlari belgilangan.
Eng achinarli holat, Agentlik tomonidan mazkur qaror ijrosini so‘zsiz ta’minlash to‘g‘risida barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar rasmiy ravishda ogohlantirilib, qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lsada, fuqarolardan ushbu hujjatlar takror va takror talab qilinayotganligidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter