Chiroqchida norozilik. Fuqarolar «O‘zbekenergo» ustidan Prezidentga murojaat qilishdi
Tahririyatimizga respublikamizning turli joylarida yashaydigan aholidan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Xususan, quyidagi murojaatda elektr energiyasi yetishmovchiligidan aziyat chekkan fuqarolar dardi anglashiladi:
«Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, aholini qiynayotgan bir masala bo‘yicha sizga qishlog‘imiz aholisi nomidan yozmoqdamiz.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida («O‘zbekenergo» AJ Qashqadaryo XET AJ PS Chorvador 35/10 kv) elektr energiya yetishmovchiligidan aholimiz qiynalmoqda. Bizning daromadimiz chorvachilik va dehqonchilikdan. Bu yil tabiat injiqliklari sabab chorvamiz og‘ir ahvolga tushib qoldi.
Endi bor umidimiz dehqonchilikdan, aksiga olib, elektr energiyamiz cheklangan, sutkasiga 6 soat tok beradi. Bu ahvolda chorvachilik ham, dehqonchilik ham qilib bo‘lmaydi. Bugun (12.05.2018 soat 12:00 larda) Qanotli MFY, Gujumli MFY, Toshli MFYda yashaydigan fuqarolarimiz norozilik bildirib, Chorvador PS oldiga yig‘ilishdi. Bu insonlarning dardini eshitadigan biror-bir rahbar yo‘q.
Fuqarolarimizning bor umidlari hurmatli Prezidentimizdan. Chorvador elektr podstansiyamizni ta’mirlashda amaliy yordam bering», deya yakunlanadi murojaat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter