Foto: Shavkat Mirziyoyev, Abdulla Aripov va boshqa mashhurlar ovoz berishdi

O‘zbekiston prezidentligiga saylovlar davom etmoqda. Prezident matbuot xizmati amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning ovoz berishdagi ishtiroki suratlarini e’lon qildi.

Shuningdek, bosh vazir Abdulla Aripov oila a’zolari bilan Toshkent shahridagi 520-saylov uchastkasida prezidentlik saylovida ovoz berdi.
O‘zbekistonning yangi saylangan muftiysi — Nuriddin domla Holiqnazarov ham fuqarolik burchini bajarib, munosib nomzodga ovoz berdi.
Bugun shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ham Toshkent shahridagi 16-saylov uchastkasiga kelib, prezident saylovida ovoz berdi.
A.Abduhakimov mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan xorijiy davlat vakillari bilan ham uchrashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter