«Formula E» poyga mashinasi ikki samolyot bilan o‘zaro bellashdi (video)
Doxa aeroportida «Spark SRT 01E» poyga mashinasi «Qatar Airways» aviakompaniyasining ikki yo‘lovchi samolyoti bilan poyga o‘ynadi.
Mashina rulida 2014-yildan beri musobaqalarda qatnashib kelayotgan poygachi Jerom Dambrozio bo‘lgan. U «Airbus» va «Boeing 787 Dreamliner» samolyotlari bilan kimo‘zar o‘ynagan.
Tasvirda dastlab mashina samolyotni ortda qoldirgani aks etgan, ammo keyinchalik samolyot ancha o‘zib ketganini payqash mumkin.
Videotasvir mualliflari sport mashinasinining poyga vaqtidagi maksimal tezligi 225 kilometr/soatga yetganini, samolyotning yerdan ko‘tarilish paytidagi maksimal tezligi esa 944 kilometr/soat bo‘lganini aytishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter