Fojia qurbonlari oilalariga 100 mln so‘mdan kompensatsiya beriladi
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan o‘pirilish joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritilgandi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Hukumat komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, Yunusoboddagi metro qurilishi vaqtida halok bo‘lgan olti nafar ishchining har biri uchun ularning oila a’zolariga 100 million so‘mdan kompensatsiya puli ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter