Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerlar o‘z yerida nima yetishtirishni qachon erkin tanlaydi? Prezident matbuot kotibi javob berdi

Fermerlar o‘z yerida nima yetishtirishni qachon erkin tanlaydi? Prezident matbuot kotibi javob berdi

Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun brifingda ishtirok etdi. Brifing yakuniga yetgandan so‘ng matbuot kotibi jurnalistlarning savollariga javob qaytardi va qishloq xo‘jaligida fermerlar qachondan boshlab o‘z yerlarida yetishtiriladigan ekin turini erkin tanlay olishini ma’lum qildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unga ko‘ra, yaqin yillarda yurtimizda fermerlarga yetishtiradigan ekin turini erkin tanlash imkoniyati berilishini kutish mumkinmi?

– Siz aytgan yig‘ilishda asosan yer berish tartibi va undan foydalanish masalalari haqida so‘z yuritildi. Lekin shunday bo‘lsa ham, men sizning savolingizga javob berib o‘taman.  Bugungi kunda paxta va g‘alla ekinlari mahalliy hokimliklarning joylardan olingan umumlashgan takliflari asosida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joylashtirilmoqda. Boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan mustaqil tarzda joylashtirilmoqda.

Shuningdek, ishsiz a’zolari bor oilalarga, jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalarga ajratilayotgan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari fuqarolar tomonidan erkin va mustaqil tarzda joylashtirilmoqda. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasiga asosan bosqichma-bosqich tarzda 2023 yildan boshlab davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring