Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi  sel xavfidan ogohlantirdi

Foto:«Fvv.uz»

2019-yilning 27-30-mart kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida xabar qilindi. 

«Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz» deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz o‘tgan 2018-yil davomida Chiroqchi, Qumqo‘rg‘on, Kosonsoy, Jom va boshqa hududlarda sodir bo‘lgan sel birqancha talofot va qurbonlarga sabab bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring