Fattoh Shodiyev fondi Toshkent viloyatidagi 100 oilaga yordam yubordi
O‘zbekiston Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondining yurtimizdagi vakolatxonasi hamda «Madad» nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan «Biz birgamiz» aksiyasi minglab xonadonlarga hayriyalarni davom ettirmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, 31-mart kuni mazkur aksiya doirasida viloyat adliya boshqarmasi hamda hududiy Adliya bo‘limlari tomonidan viloyatdagi 100 nafar keksa, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj insonlar xonadoniga oziq-ovqat va tibbiy-gigiyenik vositalar yetkazib berilgan.
Bir necha kun avval Fattoh Shodiyev fondi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam bermoqchi ekani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan xastalangan soni 167 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter