Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi

Farg‘onada jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari viloyatda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtaldi.

Unga ko‘ra:

  • 22 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti va 10 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi.
  • Viloyatda birlamchi bo‘g‘inga qo‘shimcha 1,5 mingta shtat ajratiladi.
  • Birlamchi tibbiy xizmatda dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘lar 3 barobarga oshiriladi. Buning uchun, budjetdan har yili kamida 50 milliard so‘mdan ajratiladi.
  • Viloyatning 40 yoshdan oshgan 1 millionga yaqin aholisi o‘rtasida yurak-qon tomir va diabet kasalliklari bo‘yicha manzilli skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi.
  • Buning uchun, «tibbiyot brigadalari» qondagi glyukoza va xolesterin miqdorini o‘lchaydigan ekspress-testlar bilan ta’minlanadi.
  • Bag‘dod, Yozyovon tumanlari va Qo‘qon shahrida tumanlararo shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi.
  • Farg‘ona shahrida – 2 ta, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari hamda Beshariq tumanida – 1 tadan tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi va barcha tug‘ruq bo‘limlari to‘liq zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi.
  • Quva, Buvayda, Oltiariq, Farg‘ona, O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Rishton va Toshloq tumanlari tibbiyot birlashmalari laparoskopik uskunalar bilan ta’minlanib, kaminvaziv operatsiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
  • 120 o‘rin joyga ega bo‘lgan Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi tashkil etiladi.
  • Viloyatning har bir shahar va tuman poliklinikalarida bolalar bo‘limlari faoliyati qayta tiklanadi, shifoxonalarda esa bolalar reanimatsiyasi tashkil etiladi.
  • Farg‘onada, vodiyda yagona Bolalar kardio-xirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yiladi. Barcha davolash amaliyotlari budjet hisobidan amalga oshiriladi.
  • Nefrologiya markazining filiali tashkil etiladi va buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi.
  • Gemodializ uskunalari 2-3 barobarga ko‘paytiriladi.
  • Viloyatda Hindiston bilan hamkorlikda, Endokrinologiya markazi tashkil etiladi.
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida, viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi negizida, barcha xirurgik xizmatlarni bir joyni o‘zida tashkil etuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri barpo etiladi.
  • Viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring