Farg‘onada O‘zbekistondagi eng baland 67 metrlik bayroq o‘rnatildi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan sana arafasida Farg‘onaning markaziy maskanlaridan birida ulkan bayroq o‘rnatildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Bayroq Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyi xiyoboniga o‘rnatilgan. Mazkur hududda bugun yurtimizdagi eng katta salobatli, balandligi 67 metr, hajmi 20 metrga 10 metr bo‘lgan Davlat bayrog‘i o‘rnatildi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar O‘zbekistondagi eng baland 65 metrlik bayroq Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydoniga o‘rnatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter