FAO CRIC-21 da chang va qum bo‘ronlari masalalarini ko‘taradi
Chang va qum bo‘ronlari kabi xavfli tabiat hodisasi barcha qit’alardagi 151 mamlakatda kuzatilmoqda hamda bu 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlaridan 11 tasiga erishishni xavf ostiga qo‘ymoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil etgan tadbir «Chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish: birgalikda biz global javobga hissa qo‘shishimiz mumkin», deb nomlandi. Cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasining bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-sessiyasi (CRIC-21) doirasida o‘tkazilgan tadbir turli mamlakatlarning ushbu tabiiy hodisaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini namoyish etish, milliy, mintaqaviy va mintaqalararo harakatlarga tayangan holda ushbu yo‘nalishdagi global choralarni targ‘ib qilish bo‘yicha fikr almashish imkonini berdi.
«Mamlakatlar o‘rtasida bilimlar almashishni qo‘llab-quvvatlash orqali biz chang va qum bo‘ronlarining oldini olish va yumshatish amaliyotini yaxshilashimiz, shuningdek, ushbu hodisaga qarshi kurashda siyosat izchilligi va sinergiyasini ta’minlashimiz mumkin», – dedi FAO texnik mutaxassisi Feras Ziadat.
Eslatib o‘tamiz, CRIC-21 2023-yil 13-17 noyabr kunlari Samarqandda 196 mamlakatdan 500 dan ortiq delegatlar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter