Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga 8 viloyatda chang to‘zonlar bo‘lishi mumkin

Ertaga 8 viloyatda chang to‘zonlar bo‘lishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

2 mart kuni Toshkent, Sirdaryo va Samarqand, shuningdek, voha viloyatlarida shamol biroz kuchayib, chang to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring