Ertaga havo harorati 25 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti
Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 18-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter