Ertadan suv narxlari 2 barobar qimmatlashi inkor qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlaydi» mazmunida xabarlar tarqaldi.
Unda ichimlik suvi narxlari (1 metr kub) aholi uchun 750 so‘mdan 1500 so‘mgacha ko‘tarilishi aytilgan.
«O‘zsuvta’minot» AJ ushbu xabarlarni asossiz deb qayd etdi.
«Ichimlik va oqova suv narxlari hozircha faqat Andijon viloyatida oshirilishi belgilangan va qaror e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tgach kuchga kiradi», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter