Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimovning «ezilgan yuragini ezgan» yigit ishga joylandi

Erkinjon Turdimovning «ezilgan yuragini ezgan» yigit ishga joylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning yosh murojaatchi bilan muloqoti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgandi.

O‘ziga kredit ajratib berishlarini so‘ragan Doniyor Fayzullayev qog‘ozbozlik ko‘pligidan, uning murojaatlari hal qilinmasdan qolib ketishidan arz qilgandi.

Viloyat rahbari esa unga kredit ajratish bo‘yicha mas’ulni biriktirib, murojaati hal qilinishiga va’da bergandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Markaziy bank xodimlari Doniyor Fayzullayevning xonadoniga tashrif buyurishib, vaziyatni o‘rganishgan va kredit masalasi hal qilingan. Shuningdek, u ish bilan ham ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring