Erkinjon Turdimov deputat bo‘ldi

Joriy yilning 19-avgust kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 7-Istiqlol saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zMTDP Samarqand viloyat kengashi matbuot xizmati.
Ushbu saylov jarayonida ro‘yxatga olingan 31 ming 215 nafar saylovchilardan 24 ming 587 nafari ishtirok etgan.
O‘zMTDPdan ko‘rsatilgan nomzod Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimovni yoqlab, 20 ming 387 nafar saylovchi ovoz bergan.
Siyosiy jarayonda eng ko‘p ovoz olgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov 82,9 foizlik natija bilan saylovda muvaffaqiyat qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter