Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ERIELL Group: faxriylar xotirasi qalblarda abadiydir

ERIELL Group: faxriylar xotirasi qalblarda abadiydir

Ikkinchi jahon urushi bo‘lib o‘tgan yillar O‘zbekiston va butun dunyo tarixining qora sahifalaridir.

Mana 79 yildirki 9 may – taqvimdagi alohida sana hisoblanadi. Bu kun Vatan va kelajak avlodlar ozodligi hamda himoyasi uchun o‘z hayotini qurbon qilganlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan to‘lgan.

ERIELL Group Ikkinchi jahon urushi faxriylariga alohida ehtirom va cheksiz hurmat bilan qaraydi. Xotira va qadrlash kuni arafasida Kompaniyalar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 21 nafar urush qatnashchilari va mehnatkashlari xolidan xabar oldi. Bunday tadbirlar so‘nggi yillarda Toshkent, Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari faxriylarini qamrab olishi bilan yaxshi an’anaga aylandi.

O‘sha mudxish yillardagi voqealar har bir o‘zbekistonlikning qalbida o‘chmas iz qoldirdi. Axir, deyarli barcha oilalarda harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etgan yoki front ortida mehnat qilganlar bo‘lgan va bor. Qariyb ikki million yurtdoshlarimiz frontga yuborilgan, yarim millioni avlodlar hayoti va farovonligi yo‘lida jonini fido qilib qaytib kelmadi. Ushbu qahramonlarning jasorati O‘zbekistonning bugungi farovonligi va ozodligini ta’minlagan mardlik va fidoyilik haqida eslatib, avlodlar xotirasida mangu saqlanib qoladi.

Qahramonlar bu dunyoni tark etmoqda. Yillar o‘tishi bilan o‘sha daxshatli urushga guvoh bo‘lganlar va bevosita qatnashganlar tobora kamayib bormoqda. Ularga vaqt ajratish, e’tibor berish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish shu sababli ham ahamiyatlidir. Shu bois, ERIELL Group faxriylarni ular uchun alohida muhim bo‘lgan bayram bilan shaxsan tabriklash, sovg‘alar va e’tibor berishni o‘z burchi deb hisoblaydi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchi faxriylarga ERIELL Group nomidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan savatchalar va televizorlar sovg‘a sifatida topshirildi. Kompaniyalar guruhi vakillari ochiq yuz va samimiy quvonch bilan qarshi olindi. Faxriylarning har biri o‘z hikoyasini so‘zlab berar ekan, hayollarida o‘sha qiyin damlarga qaytgandek bo‘ldi.

«Yillar o‘tsa ham bizni unutmaganlari,vatandoshlarimiz ajdodlar xotirasini e’zozlayotganini ko‘rish juda quvonarli», – deydi Vasilevskiy Aleksandr Izrailevich.

«Kompaniyangiz bunday yoqimli syurprizlar uyushtirayotgani, sovg‘alar va e’tibor bilan hursand qilayotgani juda ahamiyatlidir. ERIELL Group’ning barcha xodimlarini 9 may bilan qutlayman, sizlarga va butun mamlakatimizga tinchlik, yaxshilik va rivojlanish tilayman!».

Garchi bir necha o‘n yillar butun avlodlarni o‘sha dahshatli voqealardan ajratib turishiga qaramay, ozodlik va tinchlik uchun sog‘lig‘i, yoshligi, hayotini fido qilganlar xotirasi qalblarda abadiy yashaydi. Yildan-yilga bu xotira so‘nmasdan, balki mustahkamlanib, asrlar osha saqlanishi, g‘alabaga qanday qiyinchilik bilan erishilgani, ajdodlarimiz O‘zbekiston tinchligi va barqarorligi uchun qanchalar jasorat bilan kurashganini yodda tutishlari muhim ahamiyatga ega.

ERIELL Group Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi! O‘zbekiston uzra musaffo osmon, ravnaq, baxt va salomatlik bardavom bo‘lsin, barcha yurtdoshlarimizga yaxshiliklar tilab qolamiz. Har bir kun faqat xursandchilik, omad va ezgu maqsadlar yo‘lida yangi imkoniyatlar olib kelsin!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring