Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar nomi e’lon qilindi

Yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar nomi e’lon qilindi

Respublikaning Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chortoq, Nurota, Qo‘shrabot, Zomin, Yangiobod, Chiroqchi, Ko‘kdala, Beshariq, Paxtaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Nurobod, Urgut, Ishtixon, Payariq, Sh.Rashidov va Forish tumanlarida yer osti suv sathining 5 metrgacha va undan ortiq pasayib ketishi davom etmoqda.

Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, yuqoridagi hududlarda 2022-yil 1-avgustdan boshlab yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha moratoriy joriy etiladi.

Bunda:

a) suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan suv tejovchi texnologiyalarsiz yerlarni sug‘orish taqiqlanadi;

v) ushbu hududlarda ichimlikdan tashqari maqsadlarda suv hisoblash vositalarisiz yer osti suvlaridan olinganda soliq to‘lovi belgilangan soliq stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.

Shuningdek, mazkur hududlardagi sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazgan holda suvni kam iste’mol qiladigan ekinlar yetishtirishga bosqichma-bosqich o‘tish choralarini ko‘rish ham belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring