Eng ko‘p musulmonlar va xristianlar qaysi mamlakatlarda yashaydi?
Dunyo musulmonlarining qariyb uchdan ikki qismi (65 foiz) 10 mamlakatda yashaydi, eng katta 10 xristian-mamlakatda esa xristianlarning 48 foizi istiqomat qiladi. Bular haqida «Pew» tadqiqotlar markazi ma’lumot berdi.
2015-yilgi ma’lumotga ko‘ra, musulmon aholisi eng ko‘p 10 mamlakat
2060-yilga borib eng ko‘p musulmonlar yashovchi 10 mamlakat
2015-yilgi ma’lumotga ko‘ra, xristian aholisi eng ko‘p 10 mamlakat
2060-yilga borib eng ko‘p xristianlar yashovchi 10 mamlakat
Musulmon yoki xristian aholisi eng ko‘p 10 mamlakatda boshqa din vakillari ham katta ulushni tashkil etadi. Masalan, musulmon aholisi nufusiga ko‘ra Hindiston dunyoda ikkinchi o‘rinda, biroq mamlakatda hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning aholi sonidagi ulushi ancha katta. Xristian dunyosida oltinchi o‘rinda turuvchi Nigeriya islom olamida beshinchi o‘rinda.
Jahonda hozir 2,3 milliard xristian va 1,8 milliard musulmon bor. 2060-yilga borib o‘rtadagi farq yo‘qolishi kutilmoqda: 3 milliard xristian — 3 milliard musulmon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter