Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng katta Konstitutsiyadan g‘alati qonunlargacha... (video)

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bugun yurtdoshlarimiz bu haqida nimalarni bilishadi?

Muxbirimiz savollar bilan hamyurtlarimizga yuzlandi. Savollarga berilgan javoblarni yuqoridagi videolavhamizda tomosha qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bundan 29 yil oldin – 1992 yilning 8 dekabr kuni qabul qilingan. Shu vaqt mobaynida unga rasman 14 marta o‘zgartirish kiritilgan. Shundan 77, 93, 78, 98, 80 va 117-moddalarga 2 martadan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, Hindiston Konstitutsiyasida 395 modda va 500ta tuzatishlar mavjud. U dunyodagi eng katta va murakkab qomus hisoblanadi. Hindistondan farqli, AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va kam o‘zgaradigan Konstitutsiyadir.

Dunyoda shunday qonunlar borki, yaratilishiga zarurat ham bo‘lmaydi, aslida. Ularni o‘qiboq shunchaki yuzimizga tabassum yuguradi. Masalan, Kanadada daraxtga chiqish noqonuniy hisoblanadi. Va yana u yerda mashina signalini 3 martadan oshiq bossangiz jarimaga tortilasiz.

AQShda ham qiziqarli qonunlar talaygina. Masalan, siz Arizona shtatida qurbaqaga o‘xshash harakat qilsangiz, jarima to‘laysiz. Xuddi shu yerda bir stakan suv so‘ragan odamga rad javobini berish jinoyat hisoblanadi. Nebraska shtatida esa sartaroshlar ertalab 7dan kechgi 7 gacha piyoz yeyishlari ta’qiqlab qo‘yilgan. Chikagoda yonayotgan uy ichida ovqatlangan odam jinoiy javobgarlikka tortiladi. Kaliforniyaning Karmel shahrida esa trotuarda turib muzqaymoq yeyish ta’qiqlanadi.

Avstraliya qonunlarida munajjimlar bashoratini tuzish, o‘qish, shuningdek, fol ochishning barcha turlariga ruxsat berilmaydi.

Fransiya qonunlarida politsiyachini, hatto mashinasini suratga olishga ruxsat yo‘q.

Isroilda haydovchilik guvohnomasisiz velosiped haydash ta’qiqlanadi.

Singapurda saqich chaynash va uni sotishga ruxsat berilmagan. Undan tashqari jamoat joylarida sigareta chekish man etiladi.

Angliyada esa televizor ko‘rish uchun ham maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishingiz kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring