Eng balandda joylashgan saylov uchastkasi (foto)
O‘zbekistonning eng baland nuqtasi — Hazrati Sulton cho‘qqisidir (dengiz sathidan 4646 metr).
Unga yaqin joylashgan aholi yashash punkti Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘i bo‘lib, qishloq va cho‘qqi o‘rtasidagi masofa 18 kilometrni tashkil qiladi. Qishloq mutaxassislar tomonidan dengiz sathidan qariyb 2400 metr balandlikda joylashgan deb e’tirof etiladi.
Markaziy saylov kommissiyasi xabariga ko‘ra, bu yerda istiqomat qiluvchi aholining 765 nafari shu qishloqda joylashgan 64-maktab binosida tashkil qilingan 920-saylov uchastkasida ovoz berishda ishtirok etadilar. Ularning 27 nafarini saylovda ilk marta qatnashayotgan yoshlar tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter