Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligiga «real vaqt tartibida» ishlash topshirildi

Energetika vazirligiga «real vaqt tartibida» ishlash topshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident o‘tkazgan bugungi yig‘ilishda Energetika vazirligiga aholining energiya manbalari bilan ta’minlanganlik holatini real vaqt tartibida muntazam nazorat qilib borish topshirildi.

Yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda «koll-markaz»lar va hududiy ishchi guruhlar faoliyati muhim ekani qayd etilgan.

Yig‘ilishda energiya manbalarini iqtisod qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, dunyoda energetika sohasida ro‘y berayotgan muammolar mintaqamizga ham ta’sir ko‘rsatayotgani, bunday vaziyatda tejamkorlik dolzarb ekani qayd etilgan. Shu bois barcha muassasalarda energiya tejovchi texnologiyalar o‘rnatish, odamlarning bu borada daxldorligini oshirish muhimligi ta’kidlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, tijorat banklarining barqarorligini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Kreditlar evaziga ishga tushirilgan loyihalarni to‘liq quvvatga olib chiqib, ularning muddati o‘tgan qarzdorligini kamaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring