Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika sohasida monopoliyaga barham berilishi mumkin

Energetika sohasida monopoliyaga barham berilishi mumkin

Foto: «Energetika»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Energetika sohasida monopoliyani tugatish, elektr energiyasi yetkazib berishda raqobat muhitini shakllantirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish mo‘ljallangan.

Ushbu vazifa Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Energiya tejash milliy kompaniyasi, Innovatsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftegaz» AJga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun energetika tizimini isloh qilish, uning asosiy maqsadi, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini belgilab beradigan strategiya va aniq tadbirlar nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring