Ichimlik orqali axloqsizlik targ‘ib qilinmoqda
Qonunda har ikkalasiga ham javobgarlik bor.
Ijtimoiy tarmoqlarda ichimlik reklamasi va mashina ustida uni reklama qilayotgan qizlarning sharmsiz harakati tasvirlangan videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Bu yerda qonun buzilishini ko‘rish mumkin. Joriy yilning 9 sentyabridan «Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.
Qonunda noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama — noaniqligi, reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek jamiyat hamda davlat manfaatlariga moddiy zarar va ma’naviy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama hisoblanadi. Bunga ikkita qizning qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakati misol bo‘ladi.
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar 47-moddada belgilangan. Ya’ni moliyaviy sanksiyalar quyidagi miqdorlarda pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi:
- ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi yoki reklama qilinishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan mahsulot to‘g‘risida reklama tarqatganlik — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
- nomaqbul reklama berganlik, aksilreklamani berishni rad etganlik — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
- energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari, pirotexnika vositalari, qurol va uning o‘q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik, shuningdek tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Holatga rasmiylardan munosabat kutib qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter