Malikobod qishlog‘i aholisi endi hovuzdan suv ichmaydi

Prezident tomonidan ilgari surilgan g‘oyaga ko‘ra Navoiy viloyatining beshta tumanidagi qishloqlarida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha keng miqyosida ishlar olib borilmoqda.
Qiziltepa tumanidagi Malikobod qishlog‘i 1980-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 3 ming 124 nafar aholi yashab kelmoqda. Bugungi kunga qadar mahalla ahli ichimlik suvini tashib keltirib, maxsus hovuzlarda saqlab, so‘ng o‘sha suvni iste’mol qilar edi. «Obod qishloq» dasturi orqali aholining azaliy orzusi amalga oshib, qishloqqa ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda.
Shuningdek, dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar rejasiga ko‘ra, 5 km umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, 23 km kollektorlarni tozalash, 3 ta avtobus bekati qurilishi, 10 km ichki xo‘jalik yo‘llari asfalt qoplamasi almashtirilishi buyicha ishlar boshlab yuborilgan. Shu bilan qishloqda 10 km 600 metr gaz quvuri, 7 km elektr tarmog‘i yangilanishi kutilmoqda.
— Prezidentimiz tashabbusi bilan qishlog‘imiz dastur asosida suv, tabiy gaz bilan ta’minlanayotganidan va yangi maktab, bog‘cha, mahalla guzari qurilayotganidan juda mamnunmiz, — deydi Malikobod mahalla fuqorolar yig‘ini raisi Ziyodulla Azizov.
Ta’kidlanishicha, tuman miqyosidagi tashkilot va idoralardan 2000 dan jamoatchilik va faol yoshlar jalb etilgan va ular ushbu maskanni obod qilishga o‘z hissasini qo‘shishmoqda.
Shuhrat Normurodov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter