Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’lon! «ALSKOM» kompaniyasi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi

E’lon! «ALSKOM» kompaniyasi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi

Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: [email protected], veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati 2020-yil 11-iyun soat 10:00da Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilda joylashgan «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati bosh ofis binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishni ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek aksiyador – jismoniy shaxs vakili notarial tasdiqlangan ishonchnoma, aksiyador – yuridik shaxs vakili o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.

Yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2020-yil 19-may.   

O‘tkazilayotgan yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2020-yil 07-iyun.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 

  1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
  2. 2019-yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisoboti.
  3. Kompaniyaning 2019-yil moliya-ho‘jalik faoliyati natijalari va 2020-yilga Kompaniya Biznes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisoboti.
  4. Kompaniyaning 2019-yil moliya-ho‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari to‘g‘risida Taftish komissiyasi hisoboti.
  5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Kompaniyaning 2019-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvi natijalari haqida mustaqil auditor xulosasi.
  6. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan Kompaniyaning 2019-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlariga muvofiq mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalari haqida hisobot-xulosasi.
  7. 2019-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
  8. 2019 yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  9. 2019-yil uchun Kompaniya sof foydasi taqsimotini tasdiqlash.
  10. Kompaniya Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va Kompaniya Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
  11. Kompaniyaning "Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
  12. Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.
  13. Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
  14. Kompaniyaning 2019-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash va uning xizmatlariga haq to‘lashning chegaraviy miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
  15. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  16. Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish.
  17. Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini, ijro  organi tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlash hamda ma’qullash.
  18. Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 147-11-00.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring