«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yangi «elektrichka»lar sotib oladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yaqin kelajakda yangi harakat tarkib (elektrichka)larni sotib olish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Xitoy, Janubiy Koreya, Belarus va Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan bu turdagi harakat tarkiblarning texnik xususiyatlari va narx siyosati batafsil o‘rganib chiqilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda quyidagi yo‘nalishlarda elektropoyezdlar harakatlanadi:
Toshkent – Xodjikent, Toshkent – Xovos, Toshkent – Guliston, Toshkent – Bekobod, Toshkent – Angren, Toshkent – Sirdaryo.
2020 yilning yozidan boshlab esa Farg‘ona vodiysidagi elektrlashtirilgan xalqa temir yo‘li Namangan – Andijon – Marg‘ilon – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha ham elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter