Ekstremistik sahifa va materiallarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021-yil 24 dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan bir qator materiallar ekstremistik materiallar deb topildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, ushbu materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, namoyish etish hamda saqlash taqiqlandi.
«Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, taqiqlangan tashkilotlar (materiallar)ning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinmoqda.
Jinoyat kodeksining 244(1)-moddasiga asosan ushbu materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
To‘liq ro‘yxat bilan Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Ochiq ma’lumotlar portali orqali tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter