DXX ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda qalbaki pul yasagan shaxs ushlandi
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga chiqarishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. «M.X.» o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Termiz shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birini vaqtinchalik ijaraga oladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, u ijaraga olgan xonadonda «Acer» rusumli noutbuk, «Epson» rusumli rangli printer hamda 4 dona «100 000» so‘mlik, 48 dona «50 000» so‘mlik, 12 dona «10 000» so‘mlik, jami 2 920 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter