Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi Estoniyaga tashrif buyurdi

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi Estoniyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari N.Muxammadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniya e-hukumat Akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Maqsad – elektron hukumatni joriy etish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, davlat xizmatlarini takomillashtirish va mazkur sohada Estoniyaning ilg‘or tajribasi bilan almashinish.

O‘z o‘rnida, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari tomonidan yurtimizda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimi, o‘tgan qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirish yo‘lidagi istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qilindi.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish — davlat xizmatlari sohasini takomillashtirish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Shu bois, Davlat xizmatlari agentligining xodimlari doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirish, ushbu jarayonda eng yangi axborot va texnologik yechimlarni joriy etish uchun ish olib borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring