«Dunyodagi eng g‘amgin fil» jon taslim qildi
Ispaniyaning Kordova shahridagi hayvonot bog‘ida Flaviya laqabli hind fili jon taslim qildi. Qari jonivor 47 yoshda edi.
Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, oxirgi olti oyda filning ahvoli keskin yomonlashgan. Depressiya holatidagi jonivor vaznini yo‘qotib, kuchdan qola boshlagan. 1 mart kuni yiqilib tushib, qayta oyoqqa turmagan. Jonivorning uzoq qiynalishini istamagan veterinarlar zarur chorani qo‘llashdi...
Flaviyani 3-4 yoshida tutib olib, hayvonot bog‘iga topshirishgan. Bechora jonivor bir umr bitta qafasda yashab, boshqa fillarni uchratmagan. Hayvonlarni muhofaza qiluvchilar shuning uchun ham uni «dunyodagi eng g‘amgin fil» deb atashgan.
Hayvonlarni muhofaza qiluvchilar Flaviyani boshqa fillar bilan uchrashtirish uchun safari-parklardan biriga olib borish huquqiga ham ega bo‘lishgandi. Biroq filning o‘limi bilan hammasi tugadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter