Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo okeanining «qo‘l urilmagan» joylari bormi?

Dunyo okeanining «qo‘l urilmagan» joylari bormi?

Foto: «Flickr.com»

Avstraliya va AQSh olimlari Dunyo okeanining hozirgi holatini o‘rganib chiqishdi, deb xabar bermoqda «Life.ru». Ular insoniyat xo‘jalik faoliyatini boshlamagan joylar borligiga e’tibor qaratishdi.

Tadqiqotchilarning «Current Biology» jurnalida chiqqan maqolasida yozilishicha, Dunyo okeani maydonining 13 foizi (55 mln. kvadrat kilometr) hozircha qo‘l urilmasdan, asl holida turibdi.

Ekologlar okeanlar va dengizlarga insoniyat faoliyatining 12 turi ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi: yuk tashish, transport, baliqchilik, sanoat oqava suvlarining quyilishi, qishloq xo‘jaligida ishlatilgan mineral o‘g‘itlarning daryoda oqib kelishi va boshqalar.

Insoniyat faoliyatisiz bokiraligini saqlab turgan eng yirik akvatoriyalar Hind-Tinch okeani mintaqasida, Arktika va Antarktikada joylashgan. Insoniyat xo‘jalik faoliyatining eng salbiy ta’siri Afrika janubiy qirg‘oqlarini yuvib turuvchi suvlarda aniqlandi.

Bugungi kunda o‘zlashtirilmagan zonalarda boshqa yerlarga qaraganda biologik turlar ko‘p, bu sayyoramiz ekologiyasi uchun juda muhim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring