Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubaylik investorlar Toshkentda bolalar maydonchasi quradi

Dubaylik investorlar Toshkentda bolalar maydonchasi quradi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Birlashgan Arab Amirliklarining «Warehouse of Games» kompaniyasi Toshkentning Yakkasaroy tumanida bolalar uchun ta’lim, sport va ko‘ngilochar markaz quradi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda investorlar loyihaga 4 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish istagini bildirgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, loyiha 35 ta doimiy ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Qurilajak bolalar o‘yingohi 0,2 gektar maydonni o‘z ichiga olib, 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanish va madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qiladi.

Ta’lim va sog‘lomlashtirish markazi 2019-yil yakunida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring